Diego Kosta: "Turan bilan "Chelsi"da birga o'ynasak yaxshi bo'lar edi"

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2015, 15:49
"Chelsi" hujumchisi Diego Kosta "Atletiko" yarim himoyachisi Arda Turanning ko'klar safiga o'tishi borasidagi xabarlarga izoh berdi.

"U bizning safimizga qo'shilsa yaxshi bo'lar edi. Maydonda senga Turan yordam berayotganda, o'ynash yanada osonlashadi. Arda, Filipe LUis va men birgalikda yaxshi o'ynaymiz. Turan bir necha marta butun jamoani o'z uyiga taklif qilgan. Ko'proq menga uning kaboblari yoqqan" - deydi Kosta.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com