Devid Moyes Angliyaga futbolchilarni kuzatish uchun keldi

Narzulla Saydullayev
28 dek 2014, 15:00
"Manchester Yunayted" va "Everton"ning sobiq bosh murabbiyi Devid Moyes "Bernli" va "Liverpul" o'rtasidagi o'yinni kuzatdi.
Ayni paytda Ispaniya chempionatida qishki tatil davom etmoqda, shu bois "Real Sosedad" ustozi Angliyaga yangi futbolchilarni kuzatish uchun keldi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Keyingi haftada ochiladigan transfer oynasi vaqtida Moyes  bir qator futbolchilarni ijaraga olishni mo'ljallab turibdi.

"Real Sosedad" keyingi o'yinini 4 yanvar kuni "Barselona"ga qarshi o'tkazadi. Shu bois Devid Angliyada qolib yana uchrashuvlarni tomosha qilishi ham mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru