Desayi Malayziya terma jamoasini boshqarishi mumkin

27 fev 2014, 16:53
“Milan”, “Chelsi” klublari va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Marsel Desayi Malayziya terma jamoasini boshqarishi mumkin.

“Termani boshqarishga tayyorman. Malayziya termasi o'yinchilarini g'alaba sari olg'a boshlamoqchiman. Anchadan beri ushbu mamlakat futbol federatsiyasi bilan muzokara olib borayapman”, - deya ta'kidladi futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Desayi 2006-yili futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.


Manba: sports.ru