De Rossi ma'lumotni tasdiqladi

Omonjon To`xtamirzayev
2 sen 2024
"Roma" jamoa bosh murabbiyi Daniele De Rossi avvalroq OAVda tarqalgan klubning transferi haqidagi ma'lumotni tasdiqladi.

"Roma" ustozi Daniele De Rossi klub himoyachi Mario Ermoso bilan shartnoma imzolaganini tasdiqladi.

"Biz yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzoladik, lekin uning kimligini ayta olmayman. Mayli, ayta qolay: Mario Ermoso!"

Eslatib o'tamiz, avvalroq Kris Smolling "Roma"ni tark etishi haqida xabar bergandik.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо