

- Men birinchi bo'limdan to'liq qoniqdim, chunki raqibimiz qancha xavfli vaziyat sodir qilgan bo'lsa, biz ham shuncha bilan javob qaytardik. Futbol o'ynash nuqtayi nazaridan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, biz yaxshi o'ynadik.
Albatta, bundanda yaxshiroq o'ynashimiz ham mumkin edi. Bazi vaziyatlarda osonlikcha to'pni yo'qotdik. Ikkinchi bo'limning boshidanoq ikkinchi golni o'tkazib yuborganimiz achinarli bo'ldi. Messining golidan so'ng ochilishga to'g'ri keldi. Shundan so'ng hammasi odatiy bo'ldi. Biz ikkita keraksiz golni o'tkazib yubordik va bu menga qattiq ta’sir qildi. 4:0 hisobidagi mag'lubiyat alamli albatta.



