Davron Anvarov: "Mavsumdagi eng qiyin va qiziqarli uchrashuv oldida turibmiz"

Оқил Абдубарноев
11 apr 2026, 23:43
Pro liganing 1-turida Nukusning "Jayxun" (QMU) jamoasi ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozongan "Kattaqo'rg'on" klubi navbatdagi tur o'yiniga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda. O'tgan bahsda jamoasining goliga hammualliflik qilgan Davron Anvarov "Sho'rtan"ga qarshi kechadigan mas'uliyatli uchrashuv oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

– Birinchi turdagi g'alabadan keyin barchaning kayfiyati a'lo darajada. Bu holat mashg'ulotlarda ham o'z aksini topmoqda. Ayni paytda bor e'tiborimizni keyingi raqibni o'rganish jarayoniga qaratganmiz.

"Sho'rtan" – o'ziga xos tarixga va tajribaga ega jamoa. Mavsumdagi eng qiyin, shu bilan birga qiziqarli uchrashuvlardan biri oldida turibmiz. Xudo xohlasa, muxlislarimiz uchun ijobiy natija qayd etishga va buning uchun maydonda qo'limizdan kelgan barcha ishni qilishga harakat qilamiz", dedi Anvarov.

Eslatib o'tamiz, "Kattaqo'rg'on" – "Sho'rtan" uchrashuvi 12 aprel kuni soat 15:00 da boshlanadi. O'yin "Bunyodkor" stadionida o'tkaziladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Каттақўрғон" матбуот хизмати