“Crvena Zvezda” 27 yillik tanaffusdan keyin CHLga qaytdi

Serbiyaning “Crvena Zvezda” klubi YCHL pley off bosqichida ikki uchrashuv natijasiga ko'ra (0:0, 2:2) “Red Bull”ni taslim etib, musobaqaning guruh bosqichiga yo'l oldi.

Serbiyaliklar oxirgi marta 1991/92 yilgi mavsumda ushbu musobaqaning guruh bosqichida to'p tepishgandi. 27 yillik tanaffusdan keyin ushbu jamoa yana CHL guruh bosqichida qatnashadi.

1990/91 yilgi mavsumda ushbu jamoa Chempionlar kubogida g'oliblikni qo'lga kiritgan. Ular finalda “Marsel”ni (0:0, pen 5:3) mag'lub etishgandi.

Belgradliklar bugun YCHL qur'a tashlash marosimidan keyin guruhdagi raqiblarini bilib olishadi.

Ayni paytda ushbu jamoani Vladan Miloevich boshqarib bormoqda.


Manba: Squawka