"Chelsi" rahbariyati klubga "Monako" sobiq texnik direktorini taklif qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
13 noya 2017, 17:15
"Chelsi" "Monako" sobiq texnik direktori, hozirda "Lill"da ishlayotgan Luis Kamposga taklif bildirishga tayyor.

Maykl Emenalo ko'klar safida texnik direktorlik vazifasidan ketganidan so'ng, ushbu joy bo'shab qoldi.

Oldinroq Kampos monegasklar tarkibiga Kilian Mbappe, Toma Lemar, Fabino, Antoni Marsyal, Bernardu Silva kabi futbolchilarni jalb qilgan edi. Kampos "Chelsi" uchun asosiy variantlardan biri bo'lib turibdi.

Oldinroq, OAVda Emenaloning o'rnini Frenk Lempard yoki Janfranko Zolalar egallashi mumkin edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times