Chelsi David Luizni Barselonaga 35 million funtga sotmadi

Tolibjon Qosimov
8 avg 2013, 14:11
Chelsi Barselonaning David Luiz borasidagi taklifini rad etdi.
Kataloniya klubi futbolchi uchun 35 million funt taklif qildi, deb xabar bermoqda The Guardian.

Chelsi bosh murabbiyi Joze Mourinyo braziliyalik futbolchini jamoaning asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko'rmoqda va uni sotilishga qarshi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda David Luiz 30ta o'yinda maydonga tushib 2ta gol urdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru