"Bunyodkor"ning "Xenan Jiane" klubiga qarshi o'yin uchun tarkibi e'lon qilindi

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2017, 16:56
BAAda yig'in o'tkazayotgan Toshkentning "Bunyodkor" klubi bugun Xitoyning "Xenan Jiane" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini boshlaydi.

Uchrashuv "Jebel Ali" sport majmuasiga qarashli maydonda bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

Sergey Lushchan Xitoy klubiga qarshi uchrashuvda maydonga tushadigan boshlang'ich tarkibni ma'lum qildi.

"Bunyodkor": D.Hamroev, R.Ashurmatov, X.G'iyosov, I.Qobilov, SH.Gadoev, J.Ibrohimov, M.Qosimov, N.To'xtasinov, J.Qahramonov, SH.Nurmatov, M.Mirahmadov.
Zaxira: M.Zuhurov, D.Ahmadaliev, A.Komilov, J.Esonqulov, D.Michich, D.Hamdamov, E.Shomurodov, O.Shukurov, V.Chemirtan, N.Kamolov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia