"Bunyodkor" stadioni Jahongir Ortiqxo'jaev tomonidan moliyalashtiriladi

Tolibjon Qosimov
27 fev 2021, 12:57
Oxirgi yillarda Toshkentning "Bunyodkor" klubi moliyaviy tomonlama qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Ayni damda "Bunyodkor" stadioni o'z xarajatlarini qoplay olmaydi. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jaev stadion o'z-o'zini taminlay olishi uchun "Bunyodkor" stadionini o'z otalig'iga oladi. Dastlabki bosqichda aynan stadionni ushlab turish yangi homiy zimmasiga o'tadi. Arena kelajakda faqat futbol o'yinlaridan emas, balki turli ko'ngilochar tadbirlardan daromad topadigan bo'ladi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia