

Shu munosabat bilan “Bunyodkor” futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va klubning barcha ishchi-xodimlari Ulug'bek Murodillaevichni tavallud ayyomi bilan muborakbod etadi.
U kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish sohasidagi fidokorona ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
“Bunyodkor”ning ajoyib ananalarini davom ettirish yo'lidagi say-harakatlar ijobiy samara beradi va bu o'zbek futboli obro'sini xalqaro arenalarda yanada yuqori ko'tarishga hissa qo'shadi deb ishonamiz. Ishonamizki, Ulug'bek Murodillaevich qo'l ostida “Bunyodkor” futbol klubi yorqin g'alabalar orqali yangidan-yangi marralarni zabt etadi.



