“Bunyodkor” bugun “Lokomotiv” (Moskva) bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2016, 10:32
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bugun BAA yig'ini doirasidagi uchinchi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.

“Qaldirg'ochlar”ning bugungi sparring raqibi – Moskvaning “Lokomotiv” klubi bo'ladi. “Bunyodkor” – “Lokomotiv” uchrashuvi Abu-Dabi shahrida soat mahalliy vaqt bilan 17:00da (Toshkentda 18:00 bo'ladi) boshlanadi.

“Bunyodkor” bungacha Rossiya premer-ligasining boshqa ishtirokchilari bilan nazorat uchrashuvlari o'tkazdi. Mahachqalaning “Anji” klubi 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratilgan bo'lsa, Permning “Amkar” jamoasi bilan 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com