

Ertaga, 21 yanvar kuni mazkur o'yin oldidan bir qator tadbirlar o'tkaziladi. Xususan, soat 10:00da Bunyodkor stadionining majlislar zalida har ikkala jamoa rasmiylari hamda uchrashuv komissari ishtirokida miting o'tkaziladi. Unda o'yin atrofidagi tashkiliy masalalar hal qilinadi. Soat 11:30da Jar stadionida Al Zavra, 11:45 esa, Bunyodkor jamoasi bosh murabbiyi hamda bir nafardan o'yinchisi ishtirokida OAV xodimlari uchun matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
Tushdan so'ng, soat 14:00da Al Zavra, 15:15da Bunyodkor jamoasi Jar stadionida o'yinoldi rasmiy mashg'ulotini o'tkaziladi. Har ikkala jamoa mashg'ulotining dastlabki 15 daqiqasi OAV xodimlari uchun ochiq bo'ladi.



