

Soat 11:15da boshlanadigan tadbirning birinchi qismida “Al-Ayn” bosh murabbiyi Zoran Namich va futbolchilardan biri OAV vakillari savollariga javob qaytaradi.
Shundan so'ng, “Bunyodkor” ustozi Sergey Lushchan va yetakchi futbolchilardan biri jurnalistlar bilan muloqotga kirishadi.
“Bunyodkor” – “Al-Ayn” uchrashuvi oldidan tashkil etiladigan matbuot anjumaniga OAV vakillarini taklif etamiz.
Eslatib o'tamiz, Osiyo Chempionlar ligasi-2017 2-turi doirasidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “Al-Ayn” uchrashuvi 28 fevral kuni “Bunyodkor” stadionida soat 18:00da boshlanadi.




