Bugun O'zbekiston U-19 "Metallurg" yoshlari bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2016, 13:05
Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun Toshkentdagi yig'inni yakunlaydi.

Ushbu yig'inning so'nggi kunida terma jamoa Bekobodning "Metallurg" klubi yoshlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Bahs "Jar" stadionida soat 18:00da boshlanadi.

Ma'lumot uchun, Bahrayndagi Osiyo chempionati guruh bosqichida O'zbekiston yoshlari Xitoy, Avstraliya va Tojikiston bilan kuch sinashadi. Qita birinchiligida yarim finalga chiqqan to'rt jamoa 2017 yil Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan U-20 Jahon chempionatida qatnashadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia