

Ikkinchi nomzod esa Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Xusayn.
Bugungi saylovda AQSH futbol federatsiyasi aynan Xusaynning nomzodini qo'llab-quvvatlaydi va unga ovoz beradi. Bu bayonotni shaxsan US Soccer prezidenti Sunil Gulati bergan. Shuningdek, Kanada futbol assotsiatsiyasi rahbari Viktor Montalyani ham Al-Xusayn nomzodini tanlagan.
Eslatib o'tamiz, Blatter FIFA prezidenti sifatida 1998 yildan beri ishlab kelyapti. Shu kunlarda FIFAda yuzaga kelgan korrupcion mojaro Blatterning imkoniyatlarini keskin pasaytirib yuborgan.



