

Juma kuni FIFAning ahloq qo'mitasi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Tadbirdan so'ng, Blatter barcha ayblardan soqit bo'lganini aytdi, ammo yakuniy qaror qabul qilingani yo'q va bugun e'lon qilinishi mumkin.
Platini va Blatter noqonuniy ravishda 2 mln. Shveytsariya franki miqdorida to'lov amalga oshirgan. Mansabdor shaxslarning so'zlariga ko'ra, pullar og'zaki kelishuv natijasida Platinining hisobiga o'tkazilgan va bu Shveytsariya qonunlarini buzmaydi.



