Brozovich yozda "Barselona"da paydo bo'lishi mumkin edi

Sherzod Nurmatov
11 sen 2021, 19:58
OAV "Inter" yarim himoyachisi Marcelo Brozovichning "Barselona"ga transferi amalga oshmay qolganini aniqladi.

Ma'lumotlarga qaraganda, klublar o'tgan yozda 28 yoshli futbolchining transferi masalasida muzokara olib borishgan, biroq o'zaro kelishuvga erishilmagan.

"Ko'k-anorranglilar" shartnoma shartlariga himoyachi Emerson Aparesidoni qo'shishni xog'lagan, milanliklar esa uning xizmatlariga qiziqish bildirishmagan.

Brozovich "Inter"da 2015 yildan beri o'ynamoqda. U 244 o'yinda 25 ta gol urgan va 32 ta assist qayd etgan. Uning transfer narxi – 40 million evro.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes