Botirali Ergashev: "Nasib bo'lsa, mundialda munosib ishtirok etamiz"

Абдулвосит Бектемиров
15 may 2026, 16:05
"Neftchi" posboni Botirali Ergashev MTJ mashg'ulotlaridan oldin OAV vakillari bilan suhbatlashdi.

"Tayyorgarliklar yaxshi ketmoqda. Barchasi reja bo'yicha. Nasib bo'lsa, Jahon chempionatida munosib ishtirok etamiz.

Darvozabonlar ham asosan jismoniy holat ustida ish olib bormoqda. Jismoniy holatimizni yaxshilash asosiy maqsadimiz. Darvozabonlar orasida raqobat bor. Raqobat faqat o'sishga yordam beradi. Bunday bo'lishi yaxshi", - deya fikr bildirdi Botirali Ergashev.

O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif