"Borussiya" darvozaboni Xolandda pasayish kuzatilayotganini aytdi

Alisher
25 yanv 2020, 11:07
"Borussiya" darvozaboni Roman Byurki Germaniya chempionati doirasidagi "Kyoln"ga qarshi o'yinda dubl qayd etgan jamoa forvardi Erling Xoland haqida gapirdi.

19 yoshli norvegiyalik forvard debyut o'yinida zaxiradan maydonga tushib, xet-trik qayd etgan edi.

Xoland kechagi o'yinda ham zaxiradan tushdi va 2ta gol urdi.

"Afsus, unda pasayish kuzatilmoqda: boshida 3ta edi, endi 2ta (kuladi). Umid qilamanki, u keyingi o'yinda atigi bitta gol urmaydi.

Jiddiy aytadigan bo'lsak, u ajoyib yigit. Unda top-o'yinchi bo'lish uchun hamma narsa bor", - deydi Byurki.


AlisherMuallif
Manba: Goal