“Borussiya D” safida ilk bor asosiyda tushgan Xoland qatorasiga 3-o'yinda gol urdi

Eldor Akmurzayev
1 fev 2020, 20:54
Ayni daqiqalarda Germaniya chempionati 20-turidan o'rin olgan “Borussiya D” hamda “Union Berlin” jamoalari o'rtasidagi bellashuv davom etmoqda.

Bahsning 18-daqiqasida mezbonlar forvardi Erling Xoland raqib darvozasini ishg'ol etib, qatorasiga uchinchi o'yinda o'z nomini tabloga yozdirdi. Bu uning chempionatdagi 6-goli bo'ldi va eng qizigi mazkur natijani ko'rsatish uchun 19 yoshli hujumchiga atigi 79 daqiqa kifoya qildi. 

Norvegiyalik “Augsburg”ga (5:3) qarshi bahsda xet-trik hamda “Kyoln” (5:1) bilan o'yinda dublga erishgandi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia