Beyl: "Men "VAR"dan foydalanmasliklari tarafdoriman"

Omonjon To`xtamirzayev
30 may 2024, 17:42
"Real" va "Tottenxem" klublari sobiq futbolchisi Garet Beyl "VAR"ning futbolga ta’siri haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"VAR" futboldagi bahsli vaziyatlarni hal qilishi, ortiqcha muammolarni yo'q qilishi kerak edi, ammo vaziyat undanda yomonlashdi. Shahsan men inson faktoridagi xatoni tanlagan bo'lardim.

Sekinlashtirilgan kadrlarda vaziyatga real baho berib bo'lmaydi. Shu sababli, misol uchun to'p qo'lga tekkan vaziyatni sekinlashtirib ko'rsangiz, real holatdagidan boshqacharoq tasavvur uyg'onadi.

Menga bu yoqmaydi. Men "VAR"dan foydalanmasliklari tarafdoriman".

Avvalroq, APL ofsaydni aniqlash uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqchiligi haqida xabar qilgandik. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: news.sky.com