Bernardeski va Gabbyadini mart oyida Italiya terma jamoasiga yordam bera olishmaydi
Tolibjon Qosimov
22 mar 2017, 20:21
"Fiorentina" yarim himoyachisi Federiko Bernardeski va "Sautgempton" hujumchisi Manolo Gabbyadini jarohat sabab Italiya terma jamoasiga mart oyidagi o'yinlarda yordam bera olishmaydi.
Italiyaliklar JCH-2018 saralashi doirasida Albaniya bilan va o'rtoqlik uchrashuvi doirasida Gollandiyaga qarshi kuch sinashishadi. Ularning o'rniga ilk marotaba Simone Verdi ("Bolonya") va Andrea Petanya ("Atalanta")lar chaqirilishdi.