Bendtner faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin

Aslanov Jasurbek
24 avg 2016
Hozirda "Volfsburg" sharafini himoya qilayotgan Nikolas Bendtner tez orada KPRga o'tishi mumkin.

KPR hujumchini o'z safida ko'rmoqchi. Daniyalik futbolchi Angliya futboli bilan yaxshi tanish. Nikolas avval Angliyaning “Arsenal”, “Sanderlend” hamda “Birmingem Siti” jamoalarida to'p tepgan. 

Eslatib o'tamiz, joriy mavsum 28 yoshli Bendtner Germaniya chempionatida “Volfsburg” safida 13 uchrashuv o'tkazib, 2 ta golga mualliflik qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN