

"Hozirgina Devid Bekxemni ko'rdim, avariyaga uchragan va elkasi shikastlangan ko'rinadi" - deydi bir guvoh o'z "tvitteri"da.
Ma'lum bo'lishicha, Devidning avtomashinasini tuzatib bo'lmaydigan holga kelgan. Guvohlarning takidlashicha, sobiq futbolchining mashinasi o'rtacha tezlikda harkatlanayotganida, yon tarafda boshqa bir haydovchi ularga zarba bergan. Bu zarbada Devidning xavfsizlik yostiqchasi ishlab kyetib, Bekxemning elkasiga zarar etkazadi. Uning o'g'liga hech narsa qilmagan.



