"Bavariya" 12 mln. dollar evaziga yarim himoyachi sotib olishi mumkin

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2018, 16:26
"Bavariya" "Vankuver Uaytkeps" yarim himoyachisi Alfonso Devisni xarid qilishga yaqin turibdi.

Kelishuv 12 mln. dollar evaziga amalga oshishi mumkin. Agar transfer sodir bo'lsa, bu MLS tarixidagi rekord sotuvga aylanadi.

Noyabrda Devis 18 yoshga to'ladi. U 2016 yilning iyulida ligada debyut qilib, turnir tarixidagi eng yosh futbolchiga aylangan edi. Joriy mavsum kanadalik futbolchi MLSning 20ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic