

Xabi Alonso mavsum yakunlanganidan keyin "Liverpul" boshqaruvida Arne Slotning o'rnini egallashi kutilmoqda. Bild nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, mersisaydliklar klubi niderlandiyalik mutaxassis bilan yozdan kechiktirmay xayrlashishi mumkin. Joriy mavsum APLdagi o'ninchi mag'lubiyat bosh murabbiy taqdiriga jiddiy ta’sir ko'rsatgan bo'lishi mumkin. Takidlanishicha, Slot "Brayton"dan uchralgan mag'lubiyatdan (1:2) so'ng darhol iste'foga chiqarilmaganiga sabab - Chempionlar ligasi yo'llanmasi uchun kurashayotgan to'g'ridan-to'g'ri raqobatchilarning ham omadsiz natijalaridir.
Alonso allaqachon Slotning o'rnini bosuvchi asosiy nomzod sifatida belgilab olingan. Ispaniyalik mutaxassis "Liverpul"ga o'tishga tayyor, biroq lavozimga mavsum o'rtasida kirishishni istamayapti.
Aytilishicha, agar klub mutaxassisga aniq taklif bilan chiqsa, u ma'lum shartlar bajarilgan taqdirda uni qabul qiladi. Gap uning tarkibni rejalashtirishga bo'lgan ta’siri haqida ketmoqda. Bir yil oldin Alonso transferlar bo'yicha istaklari shartnoma imzolanishidan oldin rad etilganiga qaramay, "Real"ga o'tishga rozi bo'lgan edi. Endilikda ispaniyalik murabbiy bunday holat takrorlanishiga yo'l qo'ymoqchi emas.



