"Barselona" va "Atletiko" "Tottenxem" futbolchisi uchun kurash olib bormoqda

Sherzod Nurmatov
6 fev 2026, 16:25
Londonning "Tottenxem" jamoasi markaziy himoyachisi va sardori Kristian Romero yozda klubni tark etishi mumkin.

"TEAMtalk" ma'lumotlariga ko'ra, argentinalik futbolchiga Ispaniya grandlari – "Barselona" va "Atletiko" qiziqish bildirmoqda.

27 yoshli Romero Chempionlar Ligasida muntazam ishtirok etadigan jamoada faoliyatini davom ettirishni istaydi. Qayd etilishicha, himoyachining transferi qiziquvchi tomonlarga 80-90 mln evro atrofidagi summaga tushadi.

Romero joriy mavsum barcha turnirlarda 27 o'yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning "Tottenxem" bilan amaldagi bitimi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt'da futbolchining narxi 60 mln evroni tashkil etadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk