"Barselona" "Aston Villa" futbolchisining transferi borasida muzokaralar olib bormoqda

Alisher
17 iyul 2022, 11:47
"Barselona" "Aston Villa" yarim himoyachisi Karni Chukvuemekining transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi 18 yoshli angliyalikning transferini maqulladi.

Qayd etish kerakki, "ko'k-anorranglilar"ga yarim himoyachining transferi borasida kelishuvga erishish oson bo'lmaydi. Shu bilan birga, Chukvuemekida boshqa klublardan ham takliflar bor.

Chukvuemeki o'tgan mavsum birmingemliklar safida barcha musobaqalarda 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi. Xavbekning klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo