"Barselona" asosiy futbolchisi 1 oyga safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
22 yanv 2026, 17:59
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri YCHL doirasidagi "Slaviya" bilan uchrashuvda (4:2) maydonni erta tark etdi.

23 yoshli xavbek sog'lig'ida muammolar paydo bo'lgani tufayli 61-daqiqada Dani Olmoga almashtirilgandi. 

Ma'lum bo'lishicha, u tizzaosti payini shikastlab olgan va 1 oy maydonga tusha olmaydi.

"Hozircha aniq bir narsa deyish qiyin. Pedrida son mushaklari bilan bog'liq muammo bor, endilikda barchasi tekshiruv natijalariga bog'liq", – degan edi avvalroq jamoa ustozi Flik. 

Pedri ushbu mavsum barcha turnirlarda 25 o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 8 ta golli pas uzatdi. Futbolchining transfer qiymati 140 mln evroga baholanmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sports Illustrated