

Yarim finalning birinchi juftligida Portu klubi Xoffenxaymni yirik (3:0) hisobida mag'lub etib, hal qiluvchi bahsga yo'l oldi. Ularning finaldagi raqibi esa Barselonani penaltilar ceriyasida taslim etgan Chelsi jamoasi bo'ladi. Musobaqaning finali 29-may, Toshkent vaqti bilan 21:00da Shveytsariyaning Non shahrida joylashgan Kolovrey o'yingohida bo'lib o'tadi.
Qayd etish joizki, musobaqaning o'tgan mavsumida ko'k-anorranglilar chempion bo'lgandi.




