"Barsa" 2016 yilning dekabridan beri ilk bor 7+ to'p farqi bilan g'alaba qozondi

Alisher
1 sen 2024, 00:53
"Barselona" 2016 yilning 21 dekabrdan beri ilk bor 7+ to'p farqi bilan g'alabaga erishdi.

Kataloniyaliklar o'shanda Ispaniya kubogi doirasida "Erkules" (7:0)ni mag'lub etishgandi.

"Barsa" La Liga doirasida so'nggi bor 7+ to'p farqi bilan 2016 yilning 4 aprelida "Deportivo" (8:0)ni yutgan.

Kataloniya klubi so'nggi bor uyda 2014 yilning 16 martida "Osasuna"ni 7:0 hisobida taslim etgan.

Eslatib o'tamiz, "Barsa"ning bugun La Liga doirasida uydagi "Valyadolid" bilan o'yini 7:0 hisobida bilan yakunlandi.


AlisherMuallif
Manba: x.com/2010MisterChip