Balotelli: "Otamning orzusi ushaldi, onam ko'z yoshlarini yashira olmadi"

Eldor Akmurzayev
19 avg 2019, 22:55
Bugun, rasman Breshiya a'zosiga aylangan italiyalik hujumchi Mario Balotelli tanishtiruv marosimida ota-onasi ushbu yangilikni qanday qabul qilgani haqida aytib o'tdi.

“Qarorni qabul qilishda unchalik qiynalmadim. Jamoaning o'sishi uchun yordam bermoqchiman. Breshiya qadrdon shahrim. Onam uyga qaytayotganimni eshitganlaridan so'ng, ko'z yoshlarini yashira olmadi. Ular meni ko'rishdan juda xursand. Otam esa Breshiyaning muxlisi va u meni mazkur klubda o'ynashimni orzu qilardi”, – deydi 29 yoshli forvard.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football-italia.net