BAA – O'zbekiston uchrashuvi 15 000 tomoshabinga mo'ljallangan stadionda bo'lib o'tadi

Sherzod Nurmatov
14 apr 2025, 12:38
Milliy terma jamoa Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi safarda maydonga tushadi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur o'yin bo'lib o'tadigan stadion hamda uchrashuv vaqtlarini ma'lum qildi. 

Unga ko'ra, BAA – O'zbekiston o'yini 5 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Abu-Dabidagi "Al Nahayyon" stadionida bo'lib o'tadi.

BAA – O'zbekiston

5 iyun 21:00

Abu-Dabi. "Al Nahayyon" stadioni


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати