

Aziz Haydarov to'p tepadigan "Al Shabab" jamoasi o'z maydonida "Al Ayn"ni qabul qildi va yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi. Hamyurtimiz ushbu uchrashuvda to'liq o'ynadi va uchrashuvning 77-daqiqasida hakam tomonidan ogohlantirildi.
BAA chempionati, 6-tur.
"Al Shabab" - "Al Ayn" 1:4
Gollar: Umar Abdulrahmon (3), Felipe Ramos Bastos (22, 51), Jo (38), Emmanuel Emenike (45).
Ogohlantirishlar: Mahmud Qossim Juma Ali (20), Ahmed Sulayman Ali Obaid (60), Essa Ibrahim (65), Aziz Haydarov (77), Karlos Vilyanueva (79).



