"Ayaks" yarim himoyachisi Nuri boshqa gapira va yura olmasligi mumkin

Aslanov Jasurbek
14 iyul 2017, 12:19
"Ayaks" yarim himoyachisi Abdulhak Nurining akasi Abdurrahim "Verder"ga qarshi bahs paytida xushidan kyetib qolgan ukasining holati haqida aytib berdi.

"Shifokorlar uning holatini og'ir deyishmoqda. Nuri uyg'onsa, boshqa gapira olmasligi va yurmasligi taxmin qilinyapti. Xatto u hech kimni tanimasligi ham mumkin. Ammo umidni yo'qotmayapmiz.

U tuzalib ketishi uchun duodamiz. Biz uni yana ko'rishni istaymiz" - deydi futbolchining akasi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AD