

“Navbahor” qoshida tashkil etilgan hamda Niderlandiyaning “Ayaks” klubi bilan hamkorlikda faoliyat yuritadigan akademiya o'z ishini boshladi. Tantanali ochilish marosimida Namangan viloyati rahbariyati, “Navbahor” klubi murabbiylar shtabi hamda bir qator mehmonlar ishtirok etdi.
Bir necha oy davomida Niderlandiyadan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirokida selekciya ishlari olib borilib, istiqbolli yosh futbolchilar saralab olindi. Endilikda saralab olingan yosh istedodlar niderlandiyalik mutaxassislar boshchiligida mashg'ulotlarni boshlaydi.






