Anvar Rahimov: "Futbol hamma joyda bir xil, faqat maqsadlar har xil bo'ladi"

27 okt 2017, 16:43
O'zbekiston birinchi ligasi 34-tur uchrashuvlarida Quvasoyning "Cementchi" klubi o'z uyida Termizning "Surxon" jamoasini qabul qildi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng "Cementchi" klubi futbolchisi Anvar Rahimov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'z oldimizga qo'yilgan vazifani bajarib bo'lgan bo'lsak ham "Surxon" jamoasiga qarshi uchrashuv biz uchun qiyin bo'ldi. Nima bo'lgan taqdirda ham o'z uyimizda, muxlislarimiz ko'z o'ngida g'alaba qozonishimiz shart edi. Ushbu bahsda omad bizga kulib boqdi va g'alabani qo'lga kiritdik. Jamoada ichki muxit ancha yaxshi, futbolchilar bir-biri bilan inoq. 

Futbol hamma joyda bir xil faqat maqsadlar har xil bo'ladi. "Oq-tepa"da ham maqsad oliy liga edi, faqat u yerda biroz omad yetishmadi. "Oq-tepa"da erishmagan orzuimga "Cementchi"da erishdim. Endi navbat oliy ligada isbotlashimiz qoldi. Oliy ligada oldimizga katta vazifa qo'yamiz", - deydi "Cementchi" futbolchisi Anvar Rahimov



Jahongir Sotvoldiev yozib oldi



Manba: championat.asia