AUF prezidenti: "Suares tayyor bo'lmasa Venesuela bilan o'ynamaydi"

Aslanov Jasurbek
8 iyun 2016, 14:16
Urugvay futbol assotsiatsiyasi (AUF) prezidenti Vilmar Valdesning so'zlariga ko'ra, Luis Suares tayyor bo'lmasa Venesuelaga qarshi Amerika Kubogi bahsida maydonga tushmaydi.

Suares jarohat tufayli Meksikaga qarshi bahsni (1:3) o'tkazib yuborgan edi.

"Barselona" Urugvay terma jamoasi shifokorlariga ishonch bildirgan va bu ishonchni yo'qotmaslik kerak. Shifokorlarimiz klub bilan bog'lanib turishadi. Agar Suares tayyor bo'lmasa, Venesuelaga qarshi bahsda ishtirok etmaydi" - deydi Valdes.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es