"Atletik" hujumchisi Messi va Ramos natijasini takrorladi

Aslanov Jasurbek
11 dek 2018
"Atletik" forvardi Aric Aduris "Jirona"ga qarshi LaLiganing 15-tur uchrashuvida penaltidan gol urib, jamoasiga g'alaba taqdim etdi.

Bu 37 yoshli futbolchining joriy mavsumdagi birinchi goli bo'ldi. Shunday qilib, hujumchi so'nggi 14ta chempionatda gol urishga erishgan futbolchilar safidan joy oldi. Oldinroq bu natijaga "Barselona" forvardi Lionel Messi va "Real" himoyachisi Serxio Ramos erishgan edi.

"Atletik" 15-turdan so'ng turnir jadvalida 14 ochko bilan 18-o'rinni egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com