Adurisdan qaychi uslubida gol o'tkazib yuborgan ter Shtegen: "Yaxshiyam u faoliyatini yakunlamoqda"

Alisher
9 okt 2019, 18:45
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen "Atletik" hujumchisi Aric Adurisga qarshi o'ynashni yoqtirmasligini aytdi.

- Men uchun eng noqulay hujumchilardan biri Aric Adurisdir, u menga muntazam ravishda gol urib keladi.

Yaxshiyamki u faoliyatini yakunlamoqda va endi menga osonroq bo'lar... Men u bilan Ispaniya chempionatida yana bitta o'yin o'tkazaman, umid qilamanki u gol ura olmaydi, - deydi 27 yoshli ter Shtegen.

Eslatib o'tamiz, La Liga 1-tur doirasidagi "Atletik" - "Barselona" (1:0) o'yinining 89-daqiqasidagi Aric Aduris ter Shtegen darvozasini ishg'ol qilgan edi.

Aduris mavsum so'nggida faoliyatini yakunlashini e'lon qilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: AS