Inyaki Uilyams "Barselona" bilan o'yindan so'ng Adurisni ota deb atadi

Alisher
17 avg 2019, 11:27
"Atletik" hujumchisi Inyaki Uilyams La Liganing 1-tur doirasida "Barselona" (1:0) ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Aric Adurisni ota deb atadi.

38 yoshli ispaniyalik o'yinda hal qiluvchi golga mualliflik qildi.

Uilyams "Twitter" ijtimoiy tarmog'ida o'yindan keyin Aduris bilan tushgan suratini joyladi va unga "Otam bilan" deb izoh qoldirdi.

Eslatib o'tamiz, "Atletik" kelasi turda "Xetafe" bilan o'ynasa, "Barselona" esa "Betis"ni sinovdan o'tkazadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Williaaams45