“Atalanta” hujumchisi MYUga o'tadi

Aslanov Jasurbek
22 dek 2020
Amad faoliyatini Manchestyerda davom ettirishga yaqin.

“Atalanta”ning 18 yoshli hujumchisi Amad Traore faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettiradi. Manchesterliklar uchun ushbu transfer 25 mln evroga tushishi kutilmoqda. 2021 yil yanvari boshida Traore Italiya pasportini olishi bilan Angliyaga uchib kelishi aytilmoqda.

Traore joriy mavsum “Atalanta” safida 2 ta o'yinda qatnashdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian