

"Qo'qon ahliga salom aytaman. Bu erga faqat g'alaba uchun kelganmiz. Bu mening sobiq klubim hisoblanadi. Lekin murabbiylar mendan hech qanday ma'lumot so'rashmadi. Menimcha ularning o'zida barcha ma'lumotlar bor. "Buxoro" oldida yuqori maqsadlar qo'yilgan, shu bois maydonga faqat g'alaba uchun tushamiz. "Qo'qon-1912"ning bir nechta o'yinlarini ko'rdik. Ertangi bahsga tayyormiz. Uchrashuvdan oldin hech qanday taxmin qila olmayman, barchasi maydonda hal bo'ladi", - deydi Omonov.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati



