Ashurmatov "Qizilqum"da maslahatchi murabbiy bo'lib ishlaydi

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2016
Bu haqda "Qizilqum" klubi menejeri Hamidjon Aktamov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

"Baxtiyor Ashurmatov bu yil jamoamizda faoliyat olib boradi. U maslahatchi murabbiy bo'lib ishlaydi. Bu borada Ashurmatov bilan gaplashib olgach maslahatchi murabbiy lavozimiga taklif qildik. Murabbiylar shtabida u bilan hamfikr bo'lgan holda jamoani boshqaramiz. Baxtiyor A'zamovich Navoiyga kelib ketdi. Biroz betob bo'lib qolgani bois davolanib keladi. Hozir mashg'ulotlarni Akmal Xoliqov va Yuriy Lukin bilan birga olib borayapmiz", - deydi Hamid Aktamov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia