“Arsenal” Venger qo'l ostida 15 yil oldin qayd etilgan antirekordni takrorladi
13 dek 2019, 09:37
“Arsenal” Yevropa Ligasi guruh bosqichi so'nggi turida “Standard” bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi.
Bu esa “kanonirlar”ning ketma-ket 13-o'yinda gol o'tkazishi bo'ldi. Bu orqali “Arsenal” o'z antirekordini takrorladi. Jamoa Arsen Venger qo'l ostida 2004 yil oktyabridan dekabriga qadar ketma-ket 13 ta o'yinda gol o'tkazib yuborgan edi.