APLning ikki top klubi "Real" xavbeki Chuamenini nishonga oldi

25 apr 2026, 17:01
"Real"ning fransiyalik yarim himoyachisi Orelen Chuameni APLga yo'l olishi mumkin.

Futbolchiga ikkita klub davogarlik qilmoqda. Chuamani bilan "Liverpul” va "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolamoqchi.

Orelen Chuameni 2022 yilda "Monako"dan "Real"ga o'tgandi. Transfermarkt futbolchining narxini 75 million evroga baholamoqda. Ushbu mavsumda yarim himoyachi 45 o'yinda ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: TEAMtalk