APL. Trezegening dubli jamoasiga g'alaba keltirdi va “Aston Villa” jadvalda “Arsenal”ni quvib o'tdi

Eldor Akmurzayev
4 apr 2021
Angliya chempionati 30-turidan o'rin olgan "Aston Villa" – "Fulxem" bahsida mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi.

Birmengemliklar safida Mahmud Trezege dublga erishgan bo'lsa, yana bir golga Olli Uotkins mualliflik qildi. Raqiblar safida hujumchi Aleksandar Mitrovich o'z nomini tabloga yozdirdi.

Bugungi g'alabadan keyin “sherlar” ochkolari sonini 44 taga etkazib, 9-o'ringa ko'tarildi. “Fulxem” esa 26 ochko bilan 18-pog'onada qoldi.

"Aston Villa" – "Fulxem" 3:1

"Villa Park"

Gollar: 0:1 – 61 Mitrovich, 1:1 – 78 Trezege, 2:1 – 81 Trezege, 3:1 – 87 Uotkins.

"Aston Villa" – Martines, Targett, Konsa, Mingz, Kesh, El-Gazi (Trezege, 62), Makginn, Sanson (Devis, 67), Duglas Luis (Remzi, 74), Traore, Uotkins.

"Fulxem" – Areolya, Tete, Andersen, Ayna, Adarabioyo, Loftus-Chik (Maja, 83), Dekordova-Rid, Lemina (Onoma, 83), Rid, Lukman (Kavaleyru, 47), Mitrovich.

Ogohlantirishlar: Duglas Luis (15), Andersen (16), Dekordova-Rid (74).

TURNIR JADVALI


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia