APL start oldi: "Liverpul" mavsumni qiyin g'alaba bilan boshladi
Mirjalol Normatov
16 avg 2025, 01:57
APLning 2025/26 yilgi mavsumini ochib beruvchi ilk o'yin ham yakuniga etdi.
Unda "Liverpul" o'z maydonida "Bornmut" bilan kuch sinashdi. O'yinda mersisaydliklar 2:0 hisobida oldinda borayotgandi. Keyinchalik mehmonlar ikkita gol urishdi, Semeno dubl qayd etdi. So'nggi daqiqalarda Keza hamda Salah gol urib, "Liverpul"ga ishonchli g'alaba taqdim qildi.